Eron «Tolibon» vakillari bilan muzokaralar o‘tkazilganini tasdiqladi

Jahon 15:22 / 17.09.2019 8439

Eron tashqi ishlar vazirligi mamlakatga yaqinda "Tolibon" harakati delegatsiyasi kelib-ketganini tasdiqladi.

"Yaqinda Eronning Afg‘onistondagi nizolashuvchi tomonlar bilan ko‘ptomonlama maslahatlashuvlari doirasida "Tolibon" harakati delegatsiyasi mamlakatimizga tashrif buyurdi", - dedi Eron TIV rasmiy vakili Abbos Musaviy.

Uning qo‘shimcha qilishicha, "Tolibon" delegatsiyasi Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha maslahatlashuvlar o‘tkazgan".

Muzokaralar tafsiloti va muddati ma'lum qilinmayapti.

Afg‘onistonda qariyb 18 yildan buyon ichki urush davom etmoqda, mamlakatning 50 foizdan ortiq qismi "Tolibon" harakati nazorati ostida.

Ko‘proq yangiliklar: