Elmurat Tasmuradov va Jalgasbay Berdimuratov Olimpiadaga yo‘llanma oldi

Sport 12:36 / 17.09.2019 23517

Bugun Nur-Sulton shahrida bo‘lib o‘tayotgan sport kurashlari bo‘yicha jahon chempionatining to‘rtinchi kuni bo‘lib o‘tmoqda.

O‘zbekiston terma jamoasining yunon-rim kurashidagi vakillari, Rio Olimpiadasi sovrindori Elmurat Tasmuradov (-60 kg) va Jalgasbay Berdimuratov (-77 kg) 2020 yilgi Tokio Olimpiadasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.

Tasmuradov uchinchi o‘rin va Tokio Olimpiadasi yo‘llanmasi uchun kurash davomida dastlab ekvadorlik Andres Montanoni, keyin moldovalik Viktor Siobanuni mag‘lub etdi.

Endi u kechki dasturda bronza medali uchun kurashish imkoniyati va Tokio Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Jalgasbay Berdimuratov esa dastlab ukrainalik Volodimir Yakovliyevni, keyin litvalik Paulius Galkinasni yengdi va u ham kechki dasturda bronza medali uchun kurashish imkoniyati va Tokio Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. U medal uchun qozog‘istonlik Asxat Dilmuhammedov bilan bellashadi.

Shu tariqa, O‘zbekiston delegatsiyasi Tokio Olimpiadasi uchun yo‘llanmalari sonini 7taga yetkazdi.

Qayd etish kerakki, bu Tasmuradov uchun uchinchi Olimpiada yo‘llanmasidir. U 2012 yilda London va 2016 yilda Rio Olimpiadalarida ham ishtirok etgan.

Ko‘proq yangiliklar: