Ayrim fuqarolarga nafaqalarni to‘lash respublika budjetidan amalga oshiriladi

O‘zbekiston 10:13 / 17.09.2019 8089

Vazirlar Mahkamasining “Pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan ish stajiga ega bo‘lmagan qariyalarga, mehnatga layoqatsiz fuqarolarga hamda bolalikdan nogironligi bo‘lgan farzandi bor onalarga nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Hujjatga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 7 apreldagi 107-son qarori bilan tasdiqlangan Pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan ish stajiga ega bo‘lmagan qariyalarga, mehnatga layoqatsiz fuqarolarga hamda bolalikdan nogironligi bo‘lgan farzandi bor onalarga nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi.

Xususan, 16-banddagi (Nafaqa olish huquqiga ega bo‘lmagan shaxs vafot etgan taqdirda vafot etganning oila a'zolariga nafaqa ushbu Nizomning 15-bandida nazarda tutilgan tartibda belgilanadi. Bunda boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi miqdori pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan ish stajiga ega bo‘lmagan qariyalar va mehnatga layoqatsiz fuqarolarning nafaqasi miqdoridan kelib chiqqan holda belgilanadi) “pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan ish stajiga ega bo‘lmagan qariyalar va mehnatga layoqatsiz fuqarolarning nafaqasi” so‘zlari “yoshga doir pensiyaning eng kam” so‘zlari bilan almashtiriladi.

18-bandda (Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilingan bo‘lishi kerak):

“v-1” kichik bandiga (bolalikdan nogironligi bo‘lgan farzandi bor onalarga yoshga doir nafaqa tayinlashda — bolalikdan nogironligi bo‘lgan farzandining tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma nusxasi, farzandi bolalikdan nogiron deb e'tirof etilganligi to‘g‘risida TMK tomonidan berilgan tibbiy xulosa yoki TMEKning nogironlik to‘g‘risidagi ma'lumotnomasining tegishli qismi) “farzandining tug‘ilganlik” so‘zlaridan keyin “yoki vafot etganligi” so‘zlari qo‘shiladi;

“g” kichik bandiga (boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi tayinlashda — boquvchining vafot etganligi to‘g‘risidagi guvohnoma va boquvchisini yo‘qotgan taqdirda nafaqa olish huquqiga ega bo‘lgan oila a'zolarining tug‘ilganligi to‘g‘risidagi hujjatlar (pasport va/yoki tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma) nusxalari) “boquvchining vafot etganligi to‘g‘risidagi guvohnoma” so‘zlaridan keyin “nusxasi” so‘zi qo‘shiladi.

35-banddagi (Nafaqalarni to‘lash, yetkazib berish va qayta yuborish bo‘yicha xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi) “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti” so‘zlari bilan almashtiriladi.

Ko‘proq yangiliklar: