5ta svetofor va 10ta radar: Past Darg‘omda «avariya»larni kamaytirish uchun yana nimalar qilinmoqda?

Jamiyat 19:00 / 17.09.2019 6972

Past Darg‘om tumanida shu yilning o‘tgan sakkiz oyi davomida 34 ta yo‘l transport hodisasi sodir etilgan. Bu viloyat tumanlari ichida eng ko‘p yo‘l transport hodisasi, degani. Natijada 4 nafar fuqaro halok bo‘lgan, 38 kishi turli darajada tan jarohati olgan. 

Shu bois tuman IIB tomonidan YTHlar sabablari o‘rganilib, tahlil qilingan va ushbu holatga sabab bo‘luvchi barcha omillarni bartaraf etish choralari ko‘rilgan. 

Bu haqda mazkur masalaga bag‘ishlangan seminarda tuman IIB YHXB boshlig‘i, mayor A.Vohidov aytib o‘tdi.

Ma'lum bo‘lishicha, eng ko‘p YTH sodir bo‘ladigan joylar tuman hududidan o‘tuvchi 4R-46 Samarqand-Kattaqo‘rg‘on avtomobil yo‘lining 4-, 6-, 11-, 13-, 15-, 18-, 21-, 22-, 38-, 45-kilometrlari hisoblanadi. Shu sababdan ushbu yo‘lning 0-49 kilometrigacha jami 473 ta yoritish chiroqlari, 10 ta fotoradar, 1 ta «Lacetti» mulyaji o‘rnatilgan.  

Shuningdek, tuman hududidan o‘tuvchi avtomobil yo‘llarida 5 ta svetofor, 67 ta yo‘l belgisi o‘rnatilib, 659 ta yo‘l belgisi almashtirilgan. Yo‘llarda harakat xavfsizligini ta'minlash, avtomobil yo‘llarini, ular bilan kesishgan ko‘priklarni ta'mirlash bo‘yicha tuman hokimligi va tegishli idoralarga 16 marotaba taqdimnoma va yozma ko‘rsatmalar berilgan.

 

O‘z muxbirimiz.

Ko‘proq yangiliklar: