Rossiyaning yangi avloddagi MS-21 yo‘lovchi samolyoti birinchi xalqaro parvozini amalga oshirdi

Foto: RIA Novosti / Aleksey Nikolskiy
Rossiyaning yangi avloddagi MS-21-300 yo‘lovchi samolyoti birinchi xalqaro parvozini muvaffaqiyatli amalga oshirdi.
Ta'kidlanishicha, layner o‘z tarixidagi ilk xalqaro ko‘rgazma – Istanbulda 17-22 sentabr kunlari o‘tadigan aviatsiya, koinot va texnologiya festivali “Teknofest 2019”ga keldi.
Samolyot Moskva oblastidagi Jukovskiy aerodromidan havoga ko‘tarilib, 2,5 ming km masofani 3,5 soatda uchib o‘tgan.
Ta'kidlanishicha, samolyot parvozda o‘zini yaxshi ko‘rsatgan, barcha tizimlari soz ishlagan.
Samolyotni yaratgan “Irkut” korxonasi bosh direktori Ravil Xakimov ko‘rgazma davomida samolyot taqdimoti o‘tkazilishi rejalashtirilayotganini ma'lum qilgan.
MS-21-300 yangi avloddagi yaqin va o‘rta magistral yo‘lovchi samolyoti bo‘lib, o‘z bortiga 150 dan 211 nafargacha yo‘lovchini olishi mumkin. Ilk parvozi 2017 yil mayida o‘tgan. Samolyotni sertifikatlashtirishni 2020 yilda yakunlash rejalashtirilgan, seriyali ishlab chiqarilishi esa 2021 yildan boshlanishi kutilmoqda.
Mavzuga oid

22:14
KXDR Ukrainadagi urush vaqtida harbiy zavodlari maydonini kengaytirdi

14:06
Britaniya razvedkasi: Rossiya Kursk oblastida bosimni oshiryapti

23:00 / 10.03.2025
FXX ukrainaliklarning Rossiyaga kirishini 50 yilgacha taqiqlashni boshladi

17:32 / 10.03.2025