O‘zbekistonlik talabalar Janubiy Koreyada xalqaro futbol musobaqasi chempioni bo‘ldi

Sport 20:48 / 16.09.2019 6249

Janubiy Koreya oliy o‘quv yurtlarida o‘qiyotgan xorijlik talabalar o‘rtasidagi futbol musobaqasida o‘zbekistonlik yoshlar g‘olib chiqdi.

Muntazam o‘tkazib kelinadigan turnirning navbatdagi 42-ligasi 12-15 sentabr kunlari Gvangju shahrida bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Kun.uz`ning Janubiy Koreyadagi muxbiri Eldor Vohidov xabar bermoqda.

Unga ko‘ra, chempionatda mezbonlardan tashqari Buyuk Britaniya, Xitoy, Indoneziya va Vetnam kabi o‘nlab davlatlardan 40ta jamoa ishtirok etdi.

O‘zbekistonliklarning «Ovoza» jamoasi finalga qadar kechgan 4ta o‘yinda birorta ham gol o‘tkazib yubormadi va bu ijobiy an'anani hal qiluvchi bahsda ham davom ettirib, Tailandni 2:0 hisobida mag‘lub etdi va bosh sovrin sohibiga aylandi.

Belgilanganidek, chempionlarga 1 mln von (deyarli ming dollar) miqdorida pul mukofoti berildi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinni olgan Tailandning ikki jamoasiga mos ravishda 800 ming va 500 ming von nasib qildi

Qo‘shimcha qilish joiz, Koreyadagi o‘zbekistonlik talabalar xalqaro musobaqalarda qatnashishlaridan tashqari har yili ular o‘rtasida o‘zaro futbol turnirlari ham tashkil etib turiladi.

Ko‘proq yangiliklar: