Oyga yuboriladigan fazogirlar to‘pponcha bilan qurollantiriladi

Jahon 22:19 / 16.09.2019 20183

“Roskosmos” korporatsiyasi “Soyuz” va “Progress” kemalari o‘rniga keluvchi “Oryol” fazoviy kemalari fazogirlari anjomlari orasiga o‘qotar qurolni qaytarishi mumkin.

“Oryol”da birinchi parvozni 2025 yilda amalga oshirish rejalashtirilgan. Yangi kemani yaratishdan maqsad Oyni va unga qo‘nishlarni tadqiq qilish hisoblanadi. Fazogirlarda Oyga parvoz vaqtida har ehtimolga qarshi qurol bo‘ladi.

Hozirda fazogirlarga to‘pponcha berilmaydi. Yuriy Gagarinning parvozidan boshlab rossiyalik fazogirlarga Makarov to‘pponchasi va boshqa turdagi o‘qotar qurol berib borilgan. Qurol Yerga qaytgandan keyin yirtqich hayvonlardan himoyalanish, ov qilish va signal raketalari uchirish uchun mo‘ljallangan bo‘lgan.    

2007 yildan keyin to‘pponchalardan foydalanish maxsus o‘qlar yaroqlik muddati tugab, ularni ishlab chiqaruvchi korxona yopilib ketgani sababli to‘xtagan. Bundan tashqari, 2000-yillar oxirida o‘qotar qurolning Qozog‘istondagi Boyqo‘ng‘ir kosmodromiga yetkazish bilan muayyan huquqiy muammolar yuzaga kelgan.

Hozirda “Soyuz” kemasining favqulodda zaxirasiga radiostansiya, dori qutisi, suv shimmaydigan gugurt, tikuv anjomlari, shishiriluvchi sol, baliq ovlash uchun anjomlar, hushtaklar, machete, 3 kishi uchun 6 litr suv va 6 ta oziq-ovqat to‘plami, issiqlikdan himoyalovchi kiyim va suv ustida ushlab turuvchi “Forel” gidrokostyumlari kiradi. 

Ko‘proq yangiliklar: