Surxondaryo viloyatiga yangi prokuror tayinlandi

O‘zbekiston 12:32 / 16.09.2019 46765

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyrug‘iga asosan adliya katta maslahatchisi Sadriddin Abdullayevich Turdiyev Surxondaryo viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi.

Sadriddin Turdiyev 2017 yilning oktyabridan buyon Farg‘ona viloyati prokurori lavozimida ishlab kelayotgandi.

Bundan avvalroq, 2018 yil noyabridan buyon Surxondaryo viloyati prokurori lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelgan Ulug‘bek Berdiqobilovich Qosimov Farg‘ona viloyati prokurori lavozimiga tayinlangani xabar qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: