Fanat Qahramonov jahon chempionatidagi ishtirokini to‘xtatdi

Sport 20:27 / 16.09.2019 16175

Rossiyaning Yekaterinburg shahrida boks bo‘yicha jahon chempionati davom etmoqda. Sakkizinchi kun bahslariga kelib, O‘zbekiston terma jamoasining yana bir vakili turnirdagi ishtirokini to‘xtatdi.

Fanat Qahramonov (-75 kg) chorak final yo‘llanmasi uchun braziliyalik Ebert Konsesaoga qarshi kechgan jangda 2:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Eslatib o‘tamiz, 14 sentabr kuni -63 kg vazn toifasidagi Elnur Abduraimov amerikalik Devis Keyshovnga yutqazib, turnirdagi ishtirokini yakunlagandi.

Bugun kunduzgi dasturda Bobousmon Baturov (-69 kg) argentinalik raqibini mag‘lub etib, keyingi bosqichga chiqqandi.

Ko‘proq yangiliklar: