Bobousmon Baturov jahon chempionatidagi debyut jangida g‘alaba qozondi

Sport 15:37 / 16.09.2019 9581

Rossiyaning Yekaterinburg shahrida boks bo‘yicha jahon chempionatining sakkizinchi kun bellashuvlari bo‘lib o‘tmoqda. Kunning birinchi jangi O‘zbekiston boks terma jamoasining -69 kg vazn toifasidagi vakili Bobousmon Baturov ishtirokida kechdi.

Argentinalik Agustin Arreguiga qarshi jang olib borgan Baturov keyingi bosqich masalasini hal qildi. Ushbu vaznning ikkinchi raqamli vakili sifatida bahslarga kirishgan o‘zbekistonlik sportchi uchun bu jahon chempionatlaridagi birinchi jang edi.

Baturov keyingi bosqichda Mo‘g‘uliston vakili Bayarku Ganbaatarga qarshi ringga ko‘tariladi.

Shuningdek, kechki dasturda O‘zbekistonning yana bir vakili Fanat Qahramonov (-75 kg) braziliyalik Ebert Konsesaoga qarshi bahs olib boradi.

Ko‘proq yangiliklar: