Zoirov va Qahramonov jahon chempionatidagi ishtirokini davom ettiradi, Abduraimov kurashdan chiqdi

Sport 09:30 / 15.09.2019 19802

14 sentabr kuni Rossiyaning Yekaterinburg shahrida o‘tkazilayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasining uch nafar vakili navbatdagi janglarini o‘tkazishdi.

Dastlab turnirning 1/16 finali doirasida -52 kg vazn toifasidagi Shahobiddin Zoirov Dominikan Respublikasi vakili, Panamerika o‘yinlari g‘olibi, turnirning to‘rtinchi saralangan bokschisi Rodrigo Martega qarshi jang qildi va uch raund natijalariga ko‘ra, hakamlar bir ovozdan O‘zbekiston vakilining g‘alabasini qayd etishdi - 5:0.

-75 kg vazn toifasida ringga ko‘tarilgan Fanat ikkinchi bosqichda avstraliyalik Adrian Kammaranoga qarshi bahs olib bordi. Uch raund natijalariga ko‘ra, hakamlar bir ovozdan Qahramonovning g‘alabasini qayd etishdi - 5:0.

Endi Zoirov nimchorak final jangini 17 sentabr kuni qirg‘izistonlik Azat Usenaliyevga qarshi o‘tkazsa, Qahramonov 16 sentabr kuni braziliyalik Xebert de Souza bilan kuch sinashadi.

-63 kg vazn toifasida ringga ko‘tarilgan Elnur Abduraimov ikkinchi bosqichda amerikalik Devis Keyshovnga qarshi bahs olib bordi. Uch raund natijalariga ko‘ra, hakamlar bir ovozdan raqib bokschisining g‘alabasini qayd etishdi - 0:5.

Bugun jahon chempionatining navbatdagi kun bellashuvlari davom etadi. Bugun bo‘lib o‘tadigan saralash bosqichi doirasida o‘zbekistonlik 3 nafar bokschi ringga ko‘tariladi.

Dilshodbek Ro‘zmetov ikkinchi jangida Kongo vakili Pita Peter bilan hisob-kitob qilsa, Miraziz Mirzaxalilov hamda Sanjar Tursunov o‘zining musobaqadagi dastlabki jangini braziliyalik raqiblariga qarshi o‘tkazishadi. 

-57 kg: Miraziz Mirzaxalilov – Duglas de Andrade (Braziliya) (B ring, taxminiy boshlanish vaqti – 16:00)
-81 kg: Dilshodbek Ro‘zmetov – Pita Kabeji Peter (Kongo) (B ring, taxminiy boshlanish vaqti – 20:00)
-91 kg: Sanjar Tursunov – Abner Teysheyra (Braziliya) (B ring, taxminiy boshlanish vaqti – 21:50).

Ko‘proq yangiliklar: