Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron Amerika bazalari va aviatashuvchilari raketalar zarba bera oladigan masofada joylashganini bildirdi

Foto: AP
AQShning barcha baza va aviatashuvchilari Eron raketalari yetadigan masofada joylashgan. Bu haqda Eron islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining havo-kosmik kuchlari qo‘mondoni brigada generali Amir Ali Hojizoda ma'lum qildi.
"Amerikaning 2 ming kilometr radiusdagi barcha harbiy baza va tankerlari Eron raketalari yetadigan masofada joylashgan. Eron urushga tayyor, ammo urush boshlashni na AQSh, na Eron xohlaydi", deya uning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Tasnim agentligi.
Avvalroq AQSh senatori Lindsi Grem AQSh hukumati Erondagi neft obektlariga zarbalar berish imkoniyatini o‘rganib chiqishi kerakligini aytgandi.
Uning aytishicha, Eron jiddiy oqibatlarni his qilmaguncha, bunday harakatlarni amalga oshirishni bas qilmaydi.
Senatorning ta'kidlashicha, Eron neft obektlariga hujum bu mamlakatdagi tuzumga qaqshatqich zarba beradi.
Mavzuga oid

09:45 / 15.07.2025
Rossiya Axios'ning Putinning Eron bo‘yicha pozitsiyasi haqidagi ma’lumotini rad etdi

22:28 / 13.07.2025
Eron prezidenti Isroilning iyun oyidagi hujumida yaralangan - Fars

20:08 / 12.07.2025
Putin Eronga uranni boyitishni to‘liq to‘xtatishni taklif qildi – OAV

08:07 / 10.07.2025