AQSh Eronni Saudiya Arabistoniga hujumlarda aybladi

Jahon 07:49 / 15.09.2019 8687

AQSh bosh kotibi Mayk Pompeo Eronni Saudiya Arabistonidagi neftni qayta ishlovchi zavodlarga hujumlarda aybladi.

“Eron energiya tashuvchilar yetkazmalariga misli ko‘rilmagan hujumni boshladi. Hujumlar Yamandan amalga oshirilgani haqida hech qanday ma'lumot yo‘q”, deb yozgan Pompeo tvitterda.

U jahon hamjamiyatini “hujumni qoralashga chaqirgan”. “AQSh energiya tashuvchilar bozorlari yaxshi ta'minlanishi, Eron esa o‘z tajovuzi uchun javobgarlikka tortilishi uchun hamkorlar va ittifoqdoshlari bilan ishlaydi”, deb qo‘shimcha qilgan bosh kotib.

Avvalroq Saudiya Arabistonining Saudi Aramco davlat kompaniyasining Abkayk va Xurays tumanlaridagi 2 ta korxonasida yong‘inlar yuz bergandi.

Yamanlik xusiylar zavodlarga hujum 10 ta dron yordamida amalga oshirilganini ma'lum qilishgan.

OAVda hujumlar oqibatida korxonalarda ishlab chiqarish kuniga 5 mln barrelga qisqargan bo‘lishi mumkinligi ma'lum qilingan. Bu esa Saudiya Arabistonida olinadigan kunlik neft hajmining deyarli yarmini tashkil qiladi.

Ko‘proq yangiliklar: