Yunusobod tumanidagi uchta qo‘shni uyda yong‘in sodir bo‘ldi

O‘zbekiston 09:24 / 14.09.2019 6451

2019 yilning 12 sentabr kuni 02:34da Toshkent shahar Yunusobod tumani “Xiyobontepa” MFY Bodomzor 10-tor ko‘chasida joylashgan 3-A, 5-A va 3-uylarda yong‘in bo‘layotganligi haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.

O‘zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi ma'lumotida aytilishicha, xabar asosida voqea joyiga 4 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmalari jalb etilgan. Birinchi bo‘linmalar ko‘rsatilgan manzilga soat 02:39 da yetib borgan. Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 03:07 da qurshab olingan va 03:19 da to‘liq bartaraf etilgan. 

Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar qayd etilmagan. Yong‘in oqibatida 3-A-uyning 120 kv. metr maydonda tomi, shifti va ichki jihozlari yonib zararlangan. Yong‘in maydoni kengayishi oqibatida 5-A va 3-uylarning 30 kv. metr va 10 kv. metr maydondan tom qismlari yonib zararlangan. Yong‘indan uylarning jami 590 kv. metr maydoni saqlab qolingan.

Yong‘inni qo‘shni binolariga tarqalishiga uylarni qurishda yong‘inga qarshi oraliq masofalar inobatga olinmaganligi va yong‘inga qarshi devorlar qurilmaganligi sabab bo‘lgan. Hodisaning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: