Tramp bin Lodinning o‘g‘li o‘ldirilganini ma'lum qildi

Jahon 18:56 / 14.09.2019 26645

AQSh prezidenti Donald Tramp “Al-Qoida” terrorchilik guruhining asoschisi Usoma bin Lodinning o‘g‘li Hamza bin Lodin AQSh operatsiyasi natijasida o‘ldirilganini ma'lum qildi.

“Al-Qoida”ning yuqori lavozimli a'zosi va Usoma bin Lodinning o‘g‘li Hamza bin Lodin AQShning Afg‘oniston va Pokiston hududida o‘tkazgan antiterror operatsiyasi davomida o‘ldirildi”, - deyiladi Trampning bayonotida.

Trampning qayd etishicha, Hamza bin Lodin turli terrorchilik guruhlari bilan ishlash uchun javobgar bo‘lgan.

Shu yilning yozida Hamza bin Lodinning o‘ldirilgani to‘g‘risida xabarlar tarqalgan, ammo AQSh bu xabarlarni rasman tasdiqlamagandi.

 

Ko‘proq yangiliklar: