«Qamchiq» dovonida ko‘chib tushish ehtimoli bor bo‘lgan tosh massalarini tushirish tadbirlari o‘tkazilmoqda

O‘zbekiston 08:51 / 14.09.2019 14758

Joriy yilning 5 centyabr kunidan bugungi kungacha «Toshkent-O‘sh» avtomobil yo‘lining «Qamchiq» dovonidan o‘tgan qismidagi geologik xavfli uchastkalarida avtotransport vositalari harakatlanishiga xavf solayotgan ko‘chib tushish ehtimoli mavjud bo‘lgan tosh massalarini tushirish tadbirlari o‘tkazilib kelinmoqda.

Foto: FVV matbuot xizmati

FVV xabariga ko‘ra, tosh tushirish tadbirlari O‘zbekiston Respublikasi Xavfli geologik jarayonlarni kuzatish davlat xizmatining monitoringlari natijalariga ko‘ra amalga oshirilmoqda.

Foto: FVV matbuot xizmati
Foto: FVV matbuot xizmati

Ushbu tadbirlarga Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligining Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati, «Qamchiqavtoyo‘l» Ixtisoslashgan yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi, hamda Xavfli geologik jarayonlarni kuzatish davlat xizmatining kuch va vositalari jalb etilgan.

Ko‘proq yangiliklar: