Jismoniy tarbiya va sport vazirining yangi o‘rinbosari tayinlandi

Sport 11:29 / 14.09.2019 17022

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan Nodir Xo‘jamqulovich Murotov Jismoniy tarbiya va sport vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Nodir Xo‘jamqulovich Murotov

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur lavozim shu kungacha vakant edi.

Nodir Murotov oliy ma'lumotga ega, Guliston davlat universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan. Iqtisodchi, xalqaro iqtisodiy munosabatlar magistri mutaxassisligiga ega.

N.Murotov mehnat faoliyatini Boyovut tumanidagi “Murod” fermer xo‘jaligida ish yurituvchi lavozimidan boshlab, so‘ngra Respublika ta'lim markazi hamda Xalq ta'limi vazirligida turli lavozimlarda ishlagan.

2019 yildan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat xaridlarini tartibga solish va Monitoring boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, Davlat xaridlarini boshqarish metodologiyasi bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgandi.

Ko‘proq yangiliklar: