APL. «Byornli» qo‘shimcha daqiqalarda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi, «Tottenhem»da «gollar bazmi»

APLda 5-turning yana uchta o‘yini yakunlandi. O‘z maydonida «Kristal Pelas»ni qabul qilgan «Tottenhem» 4:0 hisobida g‘alaba qozondi. Janubiy Koreyalik Son Xyon Min ikkita gol urgan bo‘lsa, Erik Lamela bitta golga mualliflik qildi. Yana bir gol «Pelas»ning gollandiyalik to‘purar himoyachisi Patrik van Anxolt hisobiga yozildi.
«Brayton» mehmoni bo‘lgan «Byornli» butun o‘yin davomida hisobda ortda borib, qo‘shimcha daqiqalara mag‘lubiyatdan qutulib qoldi. Nil Mopening goli «Brayton»ga g‘alaba keltiradigandek ko‘ringan bir vaqtda zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Jyeff Xendrik 90+1-daqiqada gol urib, Shon Daych jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.
Turning yana bir o‘yinida «Sauthempton» mehmonda debyutant «Sheffild»dan ustun keldi. Malilik Musa Jyeneponing goli «avliyolar»ga g‘alaba keltirdi va Xazzenyutl jamoasi 10-o‘ringa ko‘tarildi.
Tottenhem – Kristal Pelas 4:0
Gollar: Son Xyon Min (10, 23), van Anxolt (21, avtogol), Lamela (42).
Tottenhem: Loris, Vertongen, Alderveyreld, Rouz (Devis, 76), Ore, Uinks (Ndombele, 67), Sissoko, Eriksen, Lamela, Son Xyon Min, Keyn (Lukas Moura, 85).
Kristal Pelas: Guaita, Sako, van Anxolt, Keyxill, Uord, Kuyate (Makkarti, 76), Shlupp, Milivoyevich, Taunsend (Kamarasa, 85), Zaa, Ayyu (Benteke, 71).
Ogohlantirishlar: Uinks (45), Rouz (50), Vertongen (53), Eriksen (60), Ayyu (61), Uord (89), Milivoyevich (90).
Vulverhempton – Chelsi 2:5
Gollar: Abraxam (69, avtogol), Kutrone (85) – Tomori (31), Abraxam (34, 41, 55), Maunt (90+6).
Vulverhempton: Ruy Patrisiu, Koudi, Valexo, Kastro, Saiss, Dendonker (Kutrone, 46), Moutinyu, Ruben Nevesh, Traore (Doerti, 56), Ximenes (Gibbs-Uayt, 70), Diogu Jota.
Chelsi: Arrisabalaga, Aspilikueta, Kristensen, Tomori, Alonso, Jorjino, Kovachich (Barkli, 70), Villian, Maunt, Ryudiger (Zuma, 46), Abraxam (Batshuayi, 77).
Brayton – Byornli 1:1
Gollar: Mope (51) – Xendrik (90+1).
Brayton: Rayan, Uebster, Bern, Dank, Daffi, Gross, Propper, Stivens, March (Bong, 90), Mope (Konnolli, 84), Myurrey (Muy, 80).
Byornli: Poup, Mi, Tarkovski, Piters, Louton, Kork (Vydra, 78), Vestvud, Lennon (Xendrik, 59), Maknil, Vud (Rodriges, 66), Barns.
Sheffild Yunayted – Sauthempton 0:1
Gol: Jyenepo (66).
Sheffild Yunayted: Xenderson, Boldok, Bashem (Robinson, 84), O`Konnell, Stivens, Norvud, Flek, Landstrem (Musse, 72), Igan, Makberni (Sharp, 65), Makgoldrik.
Sauthempton: Gann, Vestergor, Bednarek, Yosida, Soaresh, Djyenepo (Ingz, 74), Romeu, Bufal (Armstrong, 85), Xeyberg, Uord-Prouz, Adams (Long, 90).
Chetlatish: Sharp (85).
Mavzuga oid

16:11 / 15.01.2022
Angliyada chempionlik taqdiriga ta’sir qiluvchi to‘qnashuv, «Real» Superkubok uchun kurashadi. Hafta o‘yinlari anonsi

19:42 / 13.12.2019
«Barselona» va «Real»da jiddiy sinovlar. Hafta o‘yinlari anonsi

11:50 / 09.05.2018
Yana bir klub APLdan tushib ketdi

17:30 / 21.11.2017