“Tolibon” delegatsiyasi Moskvaga keldi

Jahon 23:07 / 13.09.2019 21848

Toliblar delegatsiyasi Moskvaga keldi va Rossiya prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zamir Kabulov bilan uchrashdi. Bu haqda “Tolibon” harakatining Qatardagi siyosiy ofisi rasmiy vakili Muhammad Suhayl shahin ma'lum qildi.

"Delegatsiya Moskvaga yetib keldi. Biz Afg‘onistondagi tinchlik jarayonlari atrofidagi so‘nggi voqealarni muhokama qilish uchun Rossiya prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zamir Kabulov bilan uchrashdik", - dedi u.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp tinchlik muzokaralari bekor qilinganidan so‘ng toliblarga qarshi yangi zarbalar berishni va'da qilgandi.

Toliblar Afg‘onistondagi navbatdagi terakt uchun javobgarlikni zimmasiga olganidan so‘ng Tramp “Tolibon” bilan tinchlik muzokaralari o‘tkazish bekor qilinganini bildirgandi.

Ko‘proq yangiliklar: