Kogon shahri transport «hab»iga aylantiriladi – Urbanizatsiya agentligi

O‘zbekiston 20:20 / 13.09.2019 4169

Bugun, 13 sentabr kuni, Radisson Blu mehmonxonasida Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi urbanizatsiya agentligi, Osiyo taraqqiyot banki hamda Jahon banki vakillari ishtirokida O‘zbekistondagi urbanizatsiya jarayonlari masalalariga bag‘ishlangan anjuman bo‘lib o‘tdi. Unda mamlakat shaharlari sonini oshirish bo‘yicha qanday ishlar amalga oshirilishi, jahonning ilg‘or tajribalari xorijlik ekspertlar tomonidan taqdimot ko‘rinishida ma'lumot berildi. Urbanizatsiya agentligi vakili Alisher Xoldorov O‘zbekistonning bu sohadagi islohotlari va boshqa yangiliklar haqida gapirdi.

«Ayni vaqtda agentlik Jahon banki bilan birgalikda o‘rta darajadagi Chortoq, Kogon, Yangiyo‘l shaharlari infrastrukturasini yaxshilash borasida loyiha ustida ish olib boryapti. Uning doirasida Chortoq eko-shaharga, Kogon shahri esa respublikaning transport «hab»iga aylantiriladi. Shuningdek, Osiyo taraqqiyot banki bilan Yangiyer, Jizzax va Xiva shaharlarini kompleks rivojlantirish loyihasi ishlab chiqildi. Urbanizatsiya agentligi turar joylarni qurish va unga investitsiya jalb etish bo‘yicha ham dasturni ishlab chiqqan», deya uning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Xoldorovning qo‘shimcha qilishicha, Prezidentning Sirdaryoga tashrifi chog‘ida berilgan topshiriqqa ko‘ra, viloyatning Guliston va Xovos shaharlari markazlari rivojlantiriladi.

 

Ko‘proq yangiliklar: