Sirdaryo viloyatida xalqaro tadbirkorlik universiteti tashkil etiladi

O‘zbekiston 14:21 / 12.09.2019 9373

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sirdaryo viloyatida “Binary” xalqaro tadbirkorlik va menejment Universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi hamda Sirdaryo viloyati hokimligining, Sirdaryo viloyati, Guliston shahrida Malayziyaning “Binary” Universiteti bilan hamkorlikda  O‘zbekiston xalqaro “Binary” tadbirkorlik va menejment universitetini tashkil etish bo‘yicha takliflariga rozilik berilishi mumkin.

Universitetning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanadi:

iqtisodiyot tarmoqlarining real ehtiyojni hamda amalga oshirilayotgan maqsadli rivojlantirish dasturlarini hisobga olgan holda chuqur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan kadrlar tayyorlash;

xorijiy mutaxassislarni, shuningdek xorijda faoliyat yuritayotgan vatandoshlarimizni jalb etgan holda tadbirkorlik sohasida faoliyat yurituvchi yetakchi xorijiy oliy ta'lim muassasalari hamda ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan kooperatsion aloqalarni yo‘lga qo‘yish hamda o‘zaro malaka almashinuvini yo‘lga qo‘yish;

respublika hududlarida, xususan Sirdaryo viloyatida tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha mavjud tizimli muammolarni fundamental ilmiy-tadqiqotlar asosida o‘rganish va tegishli yechimlar ishlab chiqish, hududlarning iqtisodiy salohiyatlarini o‘rgangan holda ilg‘or xorijiy tajriba asosida yangi tadbirkorlik yo‘nalishlarini tashkil etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

Belgilanishicha:

Universitetning umumiy faoliyatini boshqarish va muvofiqlashtirish Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tomonidan amalga oshiriladi;

Universitet ta'lim jarayonini O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi bilan kelishilgan holda xorijiy tajriba asosida ishlab chiqilgan malaka talablari, o‘quv reja va fan dasturlari asosida amalga oshiradi;

Universitetda o‘qitish O‘zbekiston Respublikasida amaldagi mavjud ta'lim shakllari hamda o‘zbek, rus va ingliz tillarida to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi;

bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklariga qabul parametrlari respublika mehnat bozori ehtiyojlari hamda Universitetning moddiy-texnik imkoniyatidan kelib chiqqan holda Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi;

Universitetda ta'lim faoliyati 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab yo‘lga qo‘yiladi;

Universitet bitiruvchilariga O‘zbekiston Respublikasida oliy ma'lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida e'tirof etiladigan belgilangan namunadagi diplom beriladi;

Universitetga abituriyentlarni qabul qilish tartibi va qoidalari Universitet tomonidan belgilanadi;

Universitetni moliyalashtirish talabalarni to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushadigan mablag‘lar, xo‘jalik faoliyatidan va shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatishdan olinadigan daromadlar, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari, tegishli shartnomalar asosida manfaatdor tashkilotlar tomonidan taqdim etiladigan grantlar, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.

Sirdaryo viloyati Guliston shahri joylashgan Guliston qurilish kasb-hunar kolleji bino va inshootlari operativ boshqarish huquqi bilan Universitetga beriladi.

Guliston qurilish kasb-hunar kolleji o‘quvchilari o‘qishni tamomlagunlariga qadar Universitetga berilgan binolarda o‘qishni davom ettirishlari belgilab qo‘yiladi.

Ko‘proq yangiliklar: