Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasiga ekologik normativlarni tasdiqlash vakolati berildi 

O‘zbekiston 09:38 / 12.09.2019 3583

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Ba'zi davlat organlarining faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi.

O‘zbekiston Respublikasining 1992 yil 9 dekabrda qabul qilingan «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi Qonuni 15-moddasining (Ekologik normativlarni ishlab chiqish va tasdiqlash) ikkinchi qismidagi «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa'rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi» degan so‘zlar «O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi» degan so‘zlar bilan almashtirildi.

15-modda ikkinchi qismining amaldagi tahririga ko‘ra, ekologik normativlar O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa'rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan o‘z vakolatlariga muvofiq tasdiqlanadi.

Ko‘proq yangiliklar: