«Prokuratura to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartish kiritiladi. U Bosh prokuratura faoliyatiga aloqador

O‘zbekiston 14:09 / 12.09.2019 31873

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Prokuratura to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 8-moddasiga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi e'lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasining 1992 yil 9 dekabrda qabul qilingan “Prokuratura to‘g‘risida”gi 746-XII-sonli Qonuni 8-moddasining (Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurash sohasidagi faoliyatni muvofiqlashtirish) uchinchi qismiga (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi) quyidagi o‘zgartishlar kiritilishi mumkin:

to‘rtinchi xatboshi (Odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasining) chiqarib tashlanadi;

beshinchi xatboshi (Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasining yagona muvofiqlashtiruvchi organidir) to‘rtinchi xatboshi deb hisoblanadi.

8-moddaning uchinchi qismi amaldagi tahririga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi:

Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasining;

Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasining;

Odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasining;

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasining yagona muvofiqlashtiruvchi organidir.

Ko‘proq yangiliklar: