«O‘zmilliybank»: Jizzaxda tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi amaliy natijalar

Jamiyat 14:45 / 12.09.2019 3446

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki har bir viloyat va shaharlardagi tadbirkorlar bilan bevosita uchrashib, ularning tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish borasida ko‘plab ishlarni amalga oshirmoqda. Birgina misol sifatida «O‘zmilliybank» Jizzax viloyat bo‘limi Amaliyot boshqarmasi tomonidan viloyatdagi bir qator tashkilotlarga kredit mablag‘larini ajratilishi, ularning faoliyati barqaror rivojlanishi, shu bilan birga yangi ish o‘rinlarining yaratilishida o‘z hissasini ko‘shib kelmoqda. Ushbu maqolada uchta tashkilotning «O‘zmilliybank» tomonidan olingan kredit mablag‘lari evaziga o‘z tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirgan tashkilotlar to‘g‘risida boradi.

«NEW NERUD» MChJsiga bank tomonidan 2018 yil 3.700.000.000 (uch milliard yetti yuz million) so‘m mikdorida chaqiq tosh, ohak tosh va qum mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil qilish maqsadida kredit berilgan. Ajratilgan kredit konvertatsiya orqali Estoniya davlatidan uskunalar va Janubiy Koreya davlatidan ekskavator sotib olish uchun utkazib berilgan. Shu bilan birga o‘z mahsulotlari yetkazib berish va tashkilotni yanada rivojlanishi yuzasidan 2 (ikki) dona ZL50GN rusumli yuklagich (pogruzchik) va Xitoy davlatidan 4 (to‘rt) dona «Shaaanxi Tonly TL875B» rusumli yuk avtomashinalari (karer samosvallari) sotib olish uchun 2019 yil fevral oyida 3.700.000.000 (uch milliard yetti yuz million) so‘m kredit mablag‘lari yo‘naltirilgan. Shuningdek, ushbu tashkilot qoshida 20 ta ishchi o‘rin yaratildi.

«PAPER NAPKINS» MChJsiga 2019 yil gigiyenik qog‘oz salfetkalar ishlab chiqarish uchun Xitoy davlatidan asbob-uskunalar sotib olish, Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot banki kredit mablag‘lari hisobidan 131.500 (bir yuz o‘ttiz bir ming besh yuz) AQSh dollari miqdorida kredit mablag‘lari ajratildi. Biznes reja ko‘rsatkichlariga asosan, rejalashtirilgan 10 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi. 

«NURLI TO’LQIN SERVIS» MChJsiga hududiy Amaliyot boshqarmasi tomonidan maxsus yuk tashishga mo‘ljallangan avtotransport vositalarini sotib olish uchun kredit mablag‘lari ajratilgan. Kredit mablag‘lari hisobidan Xitoy davlatidan 25 dona zamonaviy maxsus yuk tashishga mo‘ljallangan avtotransport vositalari olib kelindi. Shuningdek, o‘z faoliyatini yanada kengaytirish maqsadida Xitoy davlatidan asbob-uskunalar sotib olish uchun Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot banki hisobidan 714.000 (yetti yuz o‘n to‘rt ming) AQSh dollari miqdorida kredit mablag‘lari ajratildi. Hozirda korxonada jami 86 nafardan ziyod ishchi xodimlar faoliyat yuritib kelmoqda. «NURLI TO’LQIN SERVIS» MChJ tomonidan yo‘lga qo‘yilgan transport xizmati nafaqat o‘z hududida balkim, boshqa viloyatlardan kelib tushgan buyurtmalar asosida ham faoliyat ko‘rsatmoqda. Kelgusida ushbu sohani kengaytirishni rejalashtirgan «NURLI TO’LQIN SERVIS» MChJsi «O‘zmilliybank» bilan hamkorlikda ro‘yobga chiqarishni maqsad qildi.

«O‘zmilliybank» Jizzax bo‘limi tomonidan 2019 yilning sentabr oyiga qadar 17 ta mijozga jami 19,39 mln AQSh dollari miqdorida xorijiy moliya institutlari mablag‘lari hisobidan uzoq muddatli xorijiy valutada kreditlar ajratildi, shuningdek, 980 ta yuridik va jismoniy shaxslarga 300,6 mlrd so‘mlik kreditlar tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida moliyalashtirilgan. Yil boshidan buyon jami 1960 dan ziyod yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Ushbu ajratilgan kreditlar asosan import o‘rnini bosuvchi va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish uchun zamonaviy uskunalar sotib olishga hamda aholiga xizmat ko‘rsatish sohasini kengaytirishga yo‘naltirilgan.

Shu bilan birga, filial mijozlari tomonidan hozirda mavjud 15 xil turdagi xorijiy moliya institutlari tomonidan taklif etilgan kredit mablag‘laridan foydalanib kelinmokda, chunki mijozlarning xorijiy valutadagi kreditlarga bo‘lgan talabi kundan-kunga oshib bormoqda, buning natijasida viloyatga turli xil mahsulotlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish uchun innovatsion texnologiya va asbob uskunalar kirib kelmoqda.

Banklarning mamlakatimizda olib borayotgan islohotlari, o‘z navbatida eksport, investitsiya, importbop mahsulotlarni mahalliy mahsulotlar bilan o‘rnini bosish, biznes kooperatsiyani kuchaytirish bo‘yicha aniq loyihalarni amalga oshirish bilan bog‘liq masalalarni tezkor hal qilishga qaratilgan. 

Shubhasiz, barcha yo‘nalishlardagi hamkorliklarni ustuvor yo‘nalishlari savdo-iqtisodiy soha tashkil etadi. O‘tgan qisqa davr ichida mamlakatimiz bu borada haqiqatdan ham muhim ahamiyatga molik natijalarga erishdik desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Ayniqsa, transport kommunikatsiyalarini rivojlantirish hamda davlatlarimiz va butun mintaqamizning ulkan tranzit salohiyatini samarali ishga solishga qaratilgan o‘zaro manfaatli hamkorlik kengaytirilmoqda.

Ta'kidlash joizki, bugungi kunda mamlakatimiz biznes hamjamiyatlari o‘rtasidagi izchil ishbilarmonlik aloqalari hamda hududlararo mustahkamlanib borayotgan hamkorlik doirasida keng istiqbollar ochilmoqda.

«O‘zmilliybank» Matbuot xizmati

Ko‘proq yangiliklar: