Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda sudya bo‘lish yoshi o‘zgardi

Foto: Getty Images
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Ba'zi davlat organlarining faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi.
Hujjat Qonunchilik palatasi tomonidan 2019 yil 17 avgustda qabul qilingan, Senat tomonidan 2019 yil 24 avgustda ma'qullangan.
O‘zbekiston Respublikasining 1993 yil 2 sentyabrda qabul qilingan «Sudlar to‘g‘risida»gi Qonuniga quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi:
61-moddaning (Sudyalikka nomzodlarga qo‘yiladigan talablar):
birinchi qismi (O‘ttiz yoshdan kichik bo‘lmagan, oliy yuridik ma'lumotga va yuridik ixtisosligi bo‘yicha, avvalambor, huquqni muhofaza qiluvchi organlarda kamida besh yillik mehnat stajiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudining, jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudining, tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudining, tuman (shahar) ma'muriy sudining, hududiy harbiy sudning sudyasi bo‘lishi mumkin) quyidagi tahrirda bayon etildi:
«O‘ttiz besh yoshdan kichik bo‘lmagan, oliy yuridik ma'lumotga va yuridik ixtisosligi bo‘yicha, avvalambor, huquqni muhofaza qiluvchi organlarda kamida besh yillik mehnat stajiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudining, jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudining, tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudining, tuman (shahar) ma'muriy sudining, hududiy harbiy sudning sudyasi bo‘lishi mumkin»;
to‘rtinchi qismi (Sudyalik lavozimlariga birinchi marta tayinlanadigan nomzodlar zaxirasida turgan shaxslar belgilangan tartibda o‘qishi va stajirovkani o‘tashi shart. O‘quv va stajirovkani o‘tash davrida ular asosiy ish joyidagi o‘rtacha oylik ish haqi saqlangan holda o‘z mehnat vazifalarini bajarishdan ozod qilinadi) quyidagi tahrirda bayon etildi:
«Sudyalik lavozimiga birinchi marta tayinlanadigan nomzodlar zaxirasida turgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabida majburiy tartibda o‘qishi shart. O‘qish davrida ular asosiy ish joyi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqi saqlanmagan holda mehnat majburiyatlarini bajarishdan ozod etiladi, biroq o‘qishning butun davrida ish joyi (lavozimi) saqlanadi»;
62-moddaning (Xalq maslahatchilari):
birinchi qismidagi (O‘ttiz yoshdan kichik bo‘lmagan, fuqarolarning yashash yoki ish joyidagi yig‘ilishlarida ochiq ovoz berish yo‘li bilan ikki yarim yil muddatga saylangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi xalq maslahatchisi bo‘lishi mumkin) «O‘ttiz yoshdan» degan so‘zlar «O‘ttiz besh yoshdan» degan so‘zlar bilan almashtirildi;
ikkinchi qismidagi (Haqiqiy harbiy xizmatni o‘tayotgan, saylov kunida o‘ttiz yoshga to‘lgan, harbiy qismlar harbiy xizmatchilarining yig‘ilishlarida ochiq ovoz berish yo‘li bilan ikki yarim yil muddatga saylangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi harbiy sud xalq maslahatchisi bo‘lishi mumkin) «saylov kunida o‘ttiz yoshga to‘lgan» degan so‘zlar «saylov kunida o‘ttiz besh yoshga to‘lgan» degan so‘zlar bilan almashtirildi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
YeI AQShga qarshi javob bojlarini joriy etishni 1 avgustga qoldirdi
Jahon | 09:39
-
Mashinani jarima maydonchasidan olib chiqish uchun elektron ruxsatnoma olinadi
O‘zbekiston | 09:03
-
Rossiyada yana bir harbiy-dengiz paradi bekor qilindi
Jahon | 08:42
-
Ta’lim muassasalari bazasini rivojlantirishga oid hukumat qarori qabul qilinadi
O‘zbekiston | 08:38
Mavzuga oid

16:44 / 08.07.2025
Yo‘llarni loyihalashtirishda aholi fikrini inobatga olish mexanizmi o‘rnatiladi

11:42 / 19.06.2025
Ijro hujjatlari ma’lumotlarini qamrab olgan Majburiyatlar reyestri yuritiladi

11:56 / 12.06.2025
Ayrim tovarlarga import bojini ikki karra oshirib qo‘llash amaliyoti bekor qilinadi

10:32 / 10.06.2025