Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Milliy gvardiya vakolatlari kengaymoqda

Ayni paytda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida bir qator qonunlar ikkinchi o‘qishda deputatlar tomonidan ko‘rib chiqilishi uchun maromiga yetkazilayotgan bo‘lsa, qonun tashabbusi huquqiga ega sub'yektlar tomonidan kiritilgan yana ayrim qonun loyihalari birinchi o‘qishda muhokama qilish uchun mas'ul qo‘mitalar tomonidan tayyorlanmoqda, deb yozadi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Alisher Hamroyev.
Qayd etilishicha, ulardan biri “Qo‘riqlash va nazorat-litsenziyalash faoliyatining takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi bo‘lib, u Vazirlar Mahkamasi tomonidan qonunchilik tashabbusi huquqi asosida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritildi.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tarkibiga, muqaddam Ichki ishlar vazirligi tarkibida bo‘lgan Qo‘riqlash Bosh boshqarmasi va uning bo‘linmalari, Patrul-post xizmati va Jamoat tartibini saqlash Bosh boshqarmasi, Xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalarini qo‘riqlashni ta'minlash bo‘yicha alohida bataloni, Nazorat-ruxsat berish faoliyati bo‘limi o‘tkazildi va bu o‘z navbatida O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritishni talab etadi.
Loyiha qonun tashabbuskori tomonidan quyi palataga kiritilganidan so‘ng Mudofaa va xavfsizlik macalalari qo‘mitasi tomonidan sohaga oid amaldagi qonun normalari o‘rganildi, ekspertlar va mutaxacsislar fikr-mulohazalari olindi va qonun loyihasi birinchi o‘qishga tayyorlandi.
Loyiha bilan Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi (xodimi)ning huquqbuzarliklar oldini olish yo‘nalishidagi vazifalari, ularning majburiyat va vakolatlari belgilanmoqda.
Ayni paytda qonun loyihasi barcha siyosiy partiyalar fraksiyalari va O‘zbekiston Ekologik harakati deputatlik guruhiga taqdim etilgan bo‘lib, ular tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalarni inobatga olgan holda, Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisida birinchi o‘qishda ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Shavkat Mirziyoyev mahalla inspektori bo‘lgan katta leytenantga kapitan unvonini berdi, fuqarolarni yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi belgilandi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:54 / 11.07.2025
-
«Ertalab soat 6 da kimdir kelishini kutmagandim». Ulug‘bek Rashidov diskvalifikatsiya qilinganiga izoh berdi
Sport | 23:47 / 11.07.2025
-
Ispaniyada «Rostex» vitse-prezidentining o‘g‘li ushlandi. U pul yuvishda gumonlanmoqda
Jahon | 23:23 / 11.07.2025
Mavzuga oid

14:13 / 07.07.2025
Toshkentda milliy gvardiyachilar cho‘kayotgan fuqaroni qutqarib qoldi

09:49 / 02.07.2025
AQSh Senati Trampning «katta» qonun loyihasini ma’qulladi

12:07 / 21.06.2025
Britaniya Jamoatlar palatasi evtanaziya to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi

13:34 / 10.06.2025