Bahamada «Dorian» dovuli sababli 2,5 ming kishi bedarak yo‘qoldi

Jahon 10:47 / 12.09.2019 8727

Bahama orollarida “Dorian” dovuli hukm surgan vaqtda 2,5 ming kishi bedarak yo‘qoldi. Bu haqda orollarning favqulodda xizmatlariga iqtibos keltirgan holda “Bi-bi-si” xabar berdi.   
 
Bu ma'lumotni AQShning favqulodda vaziyatlar bo‘yicha milliy agentligi vakili Karl Smit tasdiqlagan. Uning aytishicha, bedarak yo‘qolganlar soni o‘zgarishi mumkin, chunki qutqarilganlardan ba'zilari hali ismini ma'lum qilmagan.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, dovul oqibatida orollarda kamida 50 kishi halok bo‘lgan. Manbalarning ta'kidlashicha, qurbonlar soni oshishi mumkin.

Dovul Bahama arxipelagining bir necha oroliga 1 sentyabrda yopirilgandi. Shamol tezligi 300 km/soatga yetgan. So‘ngra tabiiy ofat AQShning Atlantika sohilbo‘yi orqali o‘tib, Kanadaga yetib borgan va u yerda ham sezilarli talofat yetkazgan. 

BMT dovul oqibatlarini yengish uchun Bahamaga gumanitar yordam jo‘natgan. 

Ko‘proq yangiliklar: