Yevro-2020 saralashi. Portugaliya, Fransiya, Angliyada g‘alaba, Ronaldudan poker

Sport 02:04 / 11.09.2019 18829

Yevro-2020 saralashi doirasida A, V va N guruhlarida 6-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

A guruhida peshqadamlar bahsida Angliya Kosovoni mag‘lub etdi, Chexiya esa Chernogoriya maydonidan yirik g‘alaba bilan qaytdi.

V guruhida Portugaliya mehmonda Litvani ayab o‘tirmadi. E'tiborlisi, Ronaldu pokerga erishdi. Guruhning ikkinchi o‘yinida Serbiya Lyuksemburg ustidan g‘alabaga erishdi.

N guruhida Fransiya va Turkiya yirik g‘alabalarni qo‘lga kiritdi.

A guruhi

Angliya – Kosovo 5:3
Gollar: Sterling (8), Keyn (19), Voyvoda (38, avtogol), Sancho (44, 45+1) – Berisha (1, 49), Muriki (55, penalti).

Chernogoriya – Chexiya 0:3
Gollar: Souchek (54), Masopust (57), Darida (90+5, penalti).

B guruhi

Litva – Portugaliya 1:5
Gollar: Andryushkevichyus (28) – Ronaldu (7 penalti, 62, 65, 76), Karvalyu (90+2).

Lyuksemburg – Serbiya 1:3
Gollar: Tyurpel (66) – Mitrovich (36, 78), Radonich (55).

N guruhi

Fransiya – Andorra 3:0
Gollar: Koman (18), Lengle (52), Ben Yyedder (90+1).

Albaniya – Islandiya 4:2
Gollar: Dermaku (33), Xyusay (52), Roshi (79), Chikaleshi (82) – Sigurdsson (47), Sigtorsson (58).

Moldova – Turkiya 0:4
Gollar: Tosun (37, 59), Tyuryuj (57), Yazidji (88).

Ko‘proq yangiliklar: