YeI maxsus vakili Piter Burian oktyabrda O‘zbekistonga keladi

O‘zbekiston 18:21 / 11.09.2019 2104

O‘zbekistonning Yevroittifoqdagi missiyasi rahbari Dilyor Hakimov va YeI kengashining siyosat va xavfsizlik masalalari bo‘yicha qo‘mitasi raisi Sofiya Emmesberger qo‘mita delegatsiyasining 2-4 oktyabrda Toshkentga amalga oshiradigan bo‘lajak tashrifini muhokama qildi.

Delegatsiya tarkibidan Yevroittifoq mamlakatlarining qo‘mitadagi elchilari, YeIning Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Burian hamda Yevropa tashqi harakatlar xizmati vakillari o‘rin olgan, deb xabar berdi O‘zbekiston TIV matbuot xizmati.

Uchrashuvda tomonlar shuningdek, YeXHT missiyasining shu yilning dekabrida O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan parlament saylovlariga ilk tashrifini muhokama qildi.

Ko‘proq yangiliklar: