UYeFA uchinchi yevrokubok musobaqasiga nom tanladi

Sport 21:58 / 11.09.2019 11669

UYeFA uchinchi yevrokubokni joriy qiladi va u «Konferensiyalar Ligasi» deb nomlanadi.

Bild xabariga ko‘ra, musobaqa 2021/22 mavsumida start olishi rejalashtirilmoqda. 

Konferensiyalar Ligasi nufuzi bo‘yicha Chempionlar Ligasi va Yevropa Ligasidan keyingi uchinchi raqamli turnir bo‘ladi. Unda 32ta klub 8ta guruhga ajratiladi. 1 va 2-o‘rinni egallagan jamoalar va Yevropa Ligasi guruh bosqichida 3-o‘rinni egallagan jamoalar pley-off bosqichiga yo‘l oladilar. 

Musobaqa g‘olibi Yevropa Ligasining kelasi mavsumida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.

Ko‘proq yangiliklar: