O‘zbekistonda yadroviy qurilmani barpo etish to‘g‘risidagi qaror faqat prezident tomonidan bekor qilinadi

O‘zbekiston 11:00 / 11.09.2019 9985

O‘zbekistonda yadroviy qurilmani va (yoki) saqlash punktini barpo etish to‘g‘risidagi qarorni bekor qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi prezidenti tomonidan amalga oshiriladi. Bu haqda Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish to‘g‘risidagi qonunda aytilgan.

Qayd etilishicha, atom energiyasidan foydalanish obektlarining xavfsizlik darajasi pasayishiga, atrof-muhit holatining yomonlashuviga yoki boshqa salbiy oqibatlarga sabab bo‘luvchi qo‘shimcha omillar aniqlangan taqdirda, yadroviy qurilmani va (yoki) saqlash punktini barpo etish to‘g‘risidagi qaror ushbu obektlarning va (yoki) atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatning xavfsizligini asoslashga doir ekspertiza xulosalari asosida bekor qilinishi, ularning barpo etilishi esa, tugatilishi yoki to‘xtatib turilishi kerak. 

Xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlar, vakolatli davlat boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organlari yadroviy qurilmani va (yoki) saqlash punktini barpo etish to‘g‘risidagi qarorni bekor qilish haqida atom energiyasidan foydalanish obektlarining va (yoki) atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatning xavfsizligini asoslashga doir ekspertiza asosida qo‘shimcha omillarni asoslantirgan holda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritadi. 

Yadroviy qurilmani va (yoki) saqlash punktini barpo etish to‘g‘risidagi qarorni bekor qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan amalga oshiriladi.

Yadroviy qurilmani va (yoki) saqlash punktini barpo etish tugatilganligi yoki to‘xtatib turilganligi bilan bog‘liq zararlarning o‘rni ushbu omillar qaysi yuridik shaxslarning aybi tufayli o‘z vaqtida aniqlanmagan hamda hisobga olinmagan bo‘lsa, o‘sha shaxslar hisobidan sud tartibida qoplanishi lozim. Barcha boshqa hollarda mazkur obektlarni barpo etish tugatilganligi yoki to‘xtatib turilganligi bilan bog‘liq zararlarning o‘rni O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanishi lozim. 

Ko‘proq yangiliklar: