Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ov qilish mavsumi va muddatlari aniq belgilab qo‘yiladi

Foto: vedtver.ru
Qonunchilik palatasida «Ovchilik va ov xo‘jaligi to‘g‘risida»gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishga tayyorlanmoqda. Bu haqda deputat Xayrillo Gapporov xabar berdi.
Qayd etilishicha, qonun loyihasini maromiga yetkazish jarayonida uning moddalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qilishiga e'tibor qaratilyapti. Qonun loyihasidagi asosiy tushunchalarning bir qismi ayrim moddalarda aks ettirilmoqda. Undan tashqari, ayrimlari boshqa qonunlarda qo‘llanilishini inobatga olgan holda qonun loyihasidan chiqarilmoqda. Loyihaga ovchilik resurslari va ovchilik resurslaridan foydalanuvchilar hamda ov qilish turlari aks etgan yangi moddalar kiritilmoqda.
Qonun loyihasida ovchilik resurslarining sonini tartibga solish, ovchilik resurslarini tutishga doir kvotalar, ov qilish mavsumi va muddatlari, g‘ayriqonuniy ravishda ov qilish (brakonerlik), ovchilik yo‘llanmasi, ovchilik xo‘jaligini yuritish uchun ov qilish joylarini taqdim etish kabi masalalar aniq qilib belgilanmoqda. Shuningdek, ovchilik xo‘jaliklarining yovvoyi hayvonlar sonini ularning yashash joylari doirasida saqlab turish, ko‘paytirish yoki kamaytirishga qaratilgan tadbirlarni o‘tkazish majburiyatlari belgilanmoqda.
Qonun loyihasining qabul qilinishi ov hayvonlaridan oqilona foydalanish orqali atrof-muhitni muhofaza qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratilishiga, yovvoyi hayvonlar hisobini yuritish, ularni ko‘paytirish va tutish normalarini tartibga solish ustidan davlat nazoratini kuchaytirishga, ov turizmining rivojlantirilishiga hamda ov xo‘jaliklari holatining yaxshilanishiga olib keladi, deyiladi deputat ma'lumotida.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya qiymati 40 mlrd yevrodan oshiq aktivlarni milliylashtirdi
Jahon | 09:07
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00
-
O‘zbekiston va Ozarboyjon o‘zaro savdo hajmini 1 mlrd dollarga yetkazadi
O‘zbekiston | 08:45
-
YeI asosiy xomashyoni zaxiralab qo‘yishga chaqirdi
Jahon | 08:34
Mavzuga oid

09:49 / 02.07.2025
AQSh Senati Trampning «katta» qonun loyihasini ma’qulladi

12:07 / 21.06.2025
Britaniya Jamoatlar palatasi evtanaziya to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi

13:34 / 10.06.2025
Sudyaga qonunga xilof ravishda ta’sir o‘tkazganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda

12:38 / 10.06.2025