Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ko‘p kvartirali uylarda energiya samaradorligi endi qonun bilan nazorat qilinadi

Foto: KUN.UZ
2019 yil 10 sentabr kuni parlament quyi palatasida deputatlar, soha mutaxassislari ishtirokida “Energiyadan oqilona foydalanish to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.
Ta'kidlanganidek, loyihaning asosiy maqsadi energetika tarmoqlarida hosil qilinayotgan elektr va issiqlik energiyasi, yoqilg‘i hamda boshqa noan'anaviy energiya resurslaridan iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy sohada oqilona foydalanish, energiya resurslari iste'moli samaradorligini ta'minlash, zamonaviy energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etish xizmatlarini ko‘rsatishning huquqiy asoslarini takomillashtirish hisoblanadi.
Tadbirda deputatlar tomonidan “Energiyadan oqilona foydalanish to‘g‘risida”gi qonuni ijrosi bo‘yicha hududlardagi iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohalarda o‘tkazilgan nazorat-tahlillar hamda saylovchilar bilan joylardagi uchrashuvlarda energiya resurslari iste'moli samaradorligini monitoring qilishning ta'sirchan tizimi, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, muassasalar va tashkilotlarda zamonaviy energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha xizmatlarning mavjud emasligi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish ishlarining sustligi, energiya resurslari xarajatlarini maqbullashtirish imkonini bermayotganini ko‘rsatayotgani qayd etildi.
Sohada amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligini ta'minlash maqsadida olib borilgan o‘rganishlar yakuni bo‘yicha 2018 yil noyabr oyida Iqtisodiyot vaziriga “O‘zbekistonda energiya resurslaridan samarali foydalanish va energiya tejovchi innovatsion texnologiyalarni qo‘llash istiqbollari to‘g‘risida”gi masala yuzasidan parlament so‘rovi yuborilgan edi.
O‘tkazilgan tadbirlar va o‘rganishlar yakuniga ko‘ra, sohani tartibga soluvchi amaldagi qonunni takomillashtirish zarurati mavjudligini ko‘rsatdi. Shu bois mazkur qonun loyihasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sohaga doir qator qarorlarida belgilangan huquqiy normalar bilan iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya sarfi hajmini keskin kamaytirish borasidagi ishlarni kompleks tashkil etish, yoqilg‘i-energetika resurslaridan samarali foydalanishni ta'minlash ko‘zda tutilgan.
Qonun loyihasida Vazirlar Mahkamasi va Energetika vazirligining vakolatlari aniq belgilab berildi. Jumladan, ko‘p kvartirali uylarda energiya samaradorligi toifalarini aniqlash qoidalarini belgilash, qo‘shimcha energiya samaradorligi ko‘rsatkichlari bo‘lishi shart tovarlar, ishlar, xizmatlar tarkibini belgilash, energiya samaradorligi past bo‘lgan mahsulotlarni mamlakatda ishlab chiqarilishini yoki importini cheklash, davlat organlari va tashkilotlariga energiya resurslarini iqtisod qilish, undan oqilona foydalanish hamda energiya samaradorligini oshirish yuzasidan qonunchilik talablariga rioya etilishi bo‘yicha davlat nazorati tartibini belgilash kabi qo‘shimcha normalar kiritilmoqda.
Davra suhbatida qayd etilishicha, loyiha bilan amaldagi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilishi mamlakatda makroiqtisodiy barqarorlikni va yuqori iqtisodiy o‘sish sur'atlarini, xususan, davlatimizning xalqaro imijini oshirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarining raqobatbardoshligini ta'minlash, biznesda barqaror foydaga erishish imkoniyatini yaratish, budjetga tushumlarni ko‘paytirish hamda xalqning real daromadlarini oshirishga xizmat qiladi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
Toshkentda YPX xodimi xizmat mashinasida mototsiklchi bilan poyga o‘ynadi
O‘zbekiston | 17:53 / 12.07.2025
Jar yoqasidagi soha: Muammolar ko‘rsatildi, vazirlar esa jim
O‘zbekiston | 16:43 / 12.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston hududiga juda issiq havo oqimi kirib keladi, Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 00:06
-
14 iyulda o‘tgan test sinovi natijalari e’lon qilindi
O‘zbekiston | 23:48 / 15.07.2025
-
Tramp Zelenskiy Moskvaga hujum qilmasligi kerakligini aytdi
Jahon | 23:36 / 15.07.2025
-
Google neyrotarmog‘i yutqazish qo‘rquvi sabab shaxmat o‘ynashdan bosh tortdi
Fan-texnika | 23:22 / 15.07.2025
Mavzuga oid

09:49 / 02.07.2025
AQSh Senati Trampning «katta» qonun loyihasini ma’qulladi

12:07 / 21.06.2025
Britaniya Jamoatlar palatasi evtanaziya to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi

13:34 / 10.06.2025
Sudyaga qonunga xilof ravishda ta’sir o‘tkazganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda

12:38 / 10.06.2025