Jahon | 21:01 / 11.09.2019
9586
1 daqiqa o‘qiladi

AQShda yuk samolyoti falokatga uchradi

Avtomobil detallari ortilgan yuk samolyoti AQShning Tolido shahri (Ogayo shtati) aeroporti yaqinida falokatga uchradi. Bu haqda WTVG mahalliy telekanal xabar berdi. 

Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, voqea mahalliy vaqt bilan soat 3 atrofida yuz bergan. Samolyotda ikki kishi bo‘lgan, ularning taqdiri hozircha noma'lumligicha qolmoqda. 

Samolyot qulagandan keyin butkul yonib ketgan, voqea joyiga kelgan o‘t o‘chiruvchilar uni o‘chirishgan.

Aeroport xavfsizlik xizmati xodimlarining aytishicha, ular voqea yuz bergunga qadar samolyot ekipajidan falokat haqida signal olishmagan.

Mavzuga oid