AQSh Polshaga 32 ta F-35 qiruvchi samolyoti sotilishini ma'qulladi

Jahon 23:54 / 11.09.2019 8277

AQSh Polshaga umumiy qiymati 6,5 mlrd dollarlik 32 ta eng yangi F-35 qiruvchi samolyoti sotilishini ma'qulladi. Bu haqda Pentagon ma'lum qildi. 

Mavjud qoidalarga ko‘ra, samolyotlar sotilishini davlat departamenti ma'qullagan.

“Taklif qilinayotgan bitim AQShning tashqi siyosati va milliy xavfsizligi maqsadlariga yordam beradi. U NATO bo‘yicha ittifoqdoshlar xavfsizligini yaxshilaydi”, deyilgan xabarda.

Pentagonda ta'kidlanishicha, samolyotlar Polshaga mintaqada tajovuzni qaytarishga sezilarli mudofaa salohiyatini beradi.

Yangi samolyotlar Polsha qurolli kuchlarida mavjud bo‘lgan Mig-29 va Su-22 samolyotlari o‘rnini egallashi kutilmoqda. Pentagon Varshavada yangi samolyotlarni o‘z qurolli kuchlariga kiritishda qiyinchiliklar vujudga kelmasligiga umid qilmoqda. 

Ko‘proq yangiliklar: