Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Adliya vazirligi ham yangi Soliq kodeksi loyihasiga o‘z e'tirozini bildirdi

Joriy yilning 2 sentabr sanasida Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida yangi Soliq kodeksi loyihasi yana jamoatchilik muhokamasi uchun e'lon qilingandi.
Loyiha yuzasidan Advokatlar palatasi o‘z munosabatini rasmiy sayti orqali bildirib, loyihaning advokaturaga doir qismlari bilan kelishib bo‘lmasligini ma'lum qilgandi. Shundan so‘ng, Kun.uz yuqoridagilar yuzasidan bir necha advokatlar bilan bog‘lanib material tayyorlab e'lon qilgandi. Holat yuzasidan Adliya vazirligi ham o‘z e'tirozlarini bildirdi.
Hozirgi kunda Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan va O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali (regulation.gov.uz)ga joylashtirilgan yangi tahrirdagi Soliq kodeksi loyihasi jamoatchilik o‘rtasida keng muhokamaga sabab bo‘lmoqda.
Jumladan, kodeks loyihasining 488-moddasida advokatlik firmalari va byurolari soliq solish maqsadida tadbirkorlik sub'yektlari deb e'tirof etilishi nazarda tutilmoqda.
Ta'kidlash lozimki, «Advokatura to‘g‘risida»gi qonunda advokatlik firmalari va advokatlik byurolari notijorat tashkilotlar sifatida e'tirof etilgan bo‘lib, ular daromad (foyda) olishni o‘z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olmaydi hamda olingan daromadlarni (foydani) o‘z qatnashchilari (a'zolari) o‘rtasida taqsimlamaydi.
Taklif etilayotgan tartib advokatlik tuzilmalari soliq yukining oshishiga, bu o‘z navbatida, advokatura institutining rivojlanishiga to‘sqinlik qilishi, fuqarolarga va tadbirkorlik sub'yektlariga professional yuridik yordam ko‘rsatish sifatiga salbiy ta'sir ko‘rsatishi hamda tergov va sud ishi yuritishda malakali yuridik yordam olish huquqining konstitutsiyaviy kafolatlarini ta'minlashda qiyinchiliklar tug‘dirishi, yuridik yordam ko‘rsatish qiymatining oshishiga va aholiga ortiqcha sarf-xarajatlarga olib kelishi mumkin. Yuqoridagi holatlar yurtimizda sud-huquq sohasida, xususan advokaturaning rolini oshirish va aholiga maqbul yuridik xizmat ko‘rsatish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarga to‘liq mos kelmaydi.
Adliya vazirligi advokatlik firmalari va byurolarini tadbirkorlik sub'yektlariga tenglashtirish hamda ularni tadbirkorlik sub'yektlari sifatida soliqqa tortish masalasini maqsadga muvofiq emas deb hisoblaydi va mazkur kodeks loyihasini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish jarayonida ushbu masala bo‘yicha o‘z munosabatini vakolatli organlarga bildiradi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Infratuzilma obektlarini qurishda muqobil energiya vositalari joriy etiladi
Jahon | 08:05
-
Tramp immigratsiya va bojxona politsiyasiga «to‘liq vakolat» taqdim etdi
Jahon | 08:01
-
Moddiy madaniy meros obektlarini ijaraga berish onlayn auksion orqali amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 07:53
-
Rossiyada Army SOS fondi «nomaqbul tashkilot» deb tan olindi
Jahon | 07:41
Mavzuga oid

19:14 / 11.07.2025
Zomin qozon patiri geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi

13:18 / 28.06.2025
Rossiyada yangi «chet el agentlari»: komik, rep ijrochi va «Memorial» yuristi

15:50 / 24.06.2025
Mahmud Istamov Adliya vazirligiga qaytdi

20:56 / 28.05.2025