Abdulaziz Komilov Xalqaro Qizil xoch qo‘mitasi delegatsiyasi bilan uchrashdi

O‘zbekiston 10:23 / 11.09.2019 2607

2019 yilning 10 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Xalqaro Qizil xoch qo‘mitasining (XQXQ) Yevropa va Markaziy Osiyoda Operatsion faoliyat mintaqaviy boshqarmasi direktori Martin Shyupp boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

TIV xabariga ko‘ra, uchrashuvda keng qamrovli yo‘nalishlardagi, xususan xalqaro gumanitar huquq normalarini joriy qilish, huquqni muhofaza qilish organlari va mudofaa xodimlari malakasini oshirish, favqulodda holatlarga, jumladan sog‘liqni saqlash sohasidagi vaziyatlarga javob qaytarish mexanizmlarini takomillashtirish masalalari bo‘yicha hamkorlikning hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari muhokama qilingan.

O‘zbekistonda XQXQ bilan munosabatlarning rivojlanish dinamikasi ijobiy baholanayotgani ta'kidlandi. O‘tgan yili mamlakat hukumati va XQXQ o‘rtasida «O‘zbekiston hududida XQXQ va uning mintaqaviy vakolatxonasi maqomi to‘g‘risida»gi shartnoma imzolanganligining 25 yilligini tantanali nishonlandi.

Suhbatda ikki tomon kun tartibidagi boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi. Muzokaralarda XQXQning Toshkent shahridagi Mintaqaviy vakolatxonasi rahbari Jan-Jyerom Kasabyanka ishtirok etdi.

Ko‘proq yangiliklar: