Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy-O‘zbekiston turistik kompaniyalari sayyohlar oqimini oshirish borasida fikr almashdi

Bugun, 10 sentabr kuni, Hyatt Regency mehmonxonasida Xitoy Xalq Respublikasi madaniyat va turizm vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tashabbusi bilan ikki mamlakat turistik salohiyati taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
10–20 sentabr kunlari «Ajoyib Xitoy, serqirra O‘zbekiston» madaniy haftaligi doirasida o‘tkazilayotgan ushbu anjumanda, shuningdek, ikki mamlakat hamda qozog‘istonlik tur-operatorlar B2B formatida muhokamalar o‘tkazildi. Anjumanda XXR madaniyat va turizm vazirligi vakili Van Shulin turizmni yuqori bosqichga ko‘tarish uchun qanday amaliy harakatlar qilinishi zarurligi haqida fikr bildirdi.

«O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish uchun soha mutaxassislari kvalifikatsiyasi doimiy ravishda oshirib borilishi kerak. Shu bilan birga, turistlar xavfsizligi, turistlar uchun ma'lumot markazlari faoliyati yanada takomillashtirilishi kerak. Biohojatxonalar qurilishiga ham alohida e'tibor qaratish maqsadga muvofiqdir».


Yig‘ilishda xitoylik tur-operatorlar o‘z faoliyatlari haqida ma'ruza qilishdi. O‘zbekistonga Xitoydan tashrif buyuruvchi sayyohlar oqimini oshirish bo‘yicha takliflar berishdi. Jumladan, xitoy tilini biladigan gid-tarjimonlar soni va sifatini oshirish, kafolatli sug‘urtani joriy etish va boshqa fikrlar o‘zaro muhokama etildi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yozning asosiy o‘yini: «PSJ» va «Chelsi» klublar mundiali finalida to‘qnashadi
Sport | 17:41
-
Estoniya birinchi marta HIMARS yordamida jangovar o‘t ochishni amalga oshirdi
Jahon | 17:10
-
Vengriyadagi eng qadimiy kutubxona qo‘ng‘izlar sabab yuz minglab kitoblaridan ayrilishi mumkin
Jahon | 16:48
-
«Tarixchi va kontrrazvedkachi». Kiyevda o‘ldirilgan UXX polkovnigi Ivan Voronich haqida nimalar ma’lum?
Jahon | 16:42
Mavzuga oid

13:58 / 12.07.2025
O‘zbekistonda "Eng namunali "yashil" turizm obekti" tanlovi o‘tkaziladi

12:33 / 12.07.2025
O‘zbekistonga 3 mlndan ortiq chet el fuqarosi turistik maqsadlarda keldi

07:54 / 12.07.2025
Buxoro viloyatida sayyohlik halqasi tashkil etiladi

16:51 / 10.07.2025