Ukrainada 100 deputat Poroshenko ishi bo‘yicha so‘roqqa chaqirtirildi 

Jahon 21:28 / 10.09.2019 7074

Ukraina oliy radasining deputatlari Davlat tergovlar byurosi tomonidan sobiq prezident Pyotr Poroshenkoga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoiy ish bo‘yicha so‘roqqa chaqirtirildi. Bu haqda RT xabar berdi. 

Ta'kidlanishicha, Poroshenko va uning jamoasi tomonidan hokimiyatning uzurpatsiya qilinishi ishi bo‘yicha 100 deputat so‘roqqa chaqirtirilgan.    

Ukraina parlamentining sobiq spikeri Andrey Parubiy deputatlar sobiq bosh vazir Vladimir Groysman hukumati koalitsiyasiz tayinlangani bo‘yicha so‘roq qilinishlarini aytgan. U bu ishni “bema'ni” deb baholagan. 

Ta'kidlanishicha, Poroshenko parlamentda hukmron koalitsiya yo‘qligiga qaramay parlamentga bir qator kishilarni bosh vazir va hukumat a'zolari lavozimlariga tayinlashni taklif qilgan. Bu harakatlar rasmiy hujjatlarga koalitsiya mavjudligi haqidagi yolg‘on ma'lumotlarning kiritilishi bilan kechgan.

Ko‘proq yangiliklar: