Tsay Lin: O‘zbekiston Xitoyga paxta yetkazib berish bo‘yicha oltinchi, gaz eksporti bo‘yicha sakkizinchi o‘rindagi hamkori 

O‘zbekiston 22:21 / 10.09.2019 9616

Xitoy O‘zbekistonning eng katta savdo hamkorlaridan biridir. O‘z navbatida, O‘zbekiston ham Xitoy uchun katta ahamiyatga ega. Mamlakat paxta yetkazib berish bo‘yicha Xitoyning 6-o‘rindagi resursi bo‘lsa, gaz eksporti bo‘yicha 8-yirik hamkoridir. 

Bu haqda Butunxitoy Xalq vakillari yig‘ini moliyaviy-iqtisodiy qo‘mitasi a'zosi Tsay Lin «Qishloq xo‘jaligini isloh qilishda Xitoy Xalq Respublikasi tajribasi va uni O‘zbekiston Respublikasida qo‘llash imkoniyati» mavzuida o‘tkazilgan xalqaro anjumanda ma'lumot berdi. 

«Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasida 1992 yilda diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan bo‘lsa, 1996 yilda soliqqa oid hujjat imzolandi. 2011 yilda esa investitsiya himoyasi to‘g‘risida bitimga erishildi. Shubhasiz, bular davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikning rivojlanishiga yordam beradi», deb ta'kidladi Tsay Lin.

Ko‘proq yangiliklar: