Toshkentda ochilgan Prezident maktabi, xususiy notariuslarga «yashil chiroq», yangi o‘quv yilidagi yangiliklar va kunning boshqa xabarlari

O‘zbekiston 21:45 / 10.09.2019 9363

Yakunlanib borayotgan 10 sentabr, seshanba kuni O‘zbekiston va jahonda yuz bergan voqea-hodisalar hamda yangiliklarning eng muhimlari va eng saralari bilan KUN.UZ dayjestida tanishtiramiz.

 

O‘ZBeKISTON XABARLARI

·       «Siz endi O‘zbekistonning «oltin fondi»sizlar» — Toshkentda Prezident maktabi ochildi

·       Iqtisodiy hamkorlikni muvofiqlashtiruvchi O‘zbekiston-Norvegiya instituti tashkil etiladi

·       Bosh vazir qabulxonalari qoshida tadbirkorlarning jamoatchilik kengashlari tashkil etiladi

·       O‘zbekiston Notarial palatasining asosiy vazifalari belgilandi

·       O‘zbekistonda xususiy notarial idoralar tashkil etiladi

·       2020 yil 1 yanvardan yangi notarial harakatlar joriy etiladi

 

Iqtisodiyot

·       Import qilinayotgan avtomobillarga davlat boji stavkalari ikki baravarga tushirilishi rejalashtirilmoqda

·       Paxta terimi uchun yangi to‘lov tariflari tasdiqlandi

·       Qonunchilik palatasi: «Utilizatsiya yig‘imi mahsulot narxiga ta'sir ko‘rsatmaydi»

 

Ta'lim tizimi

·       Yangi o‘quv yilidagi yangiliklar: Barcha talabalar uchun bir xil stipendiya, faol talabalar rektor tavsiyasi bilan rag‘batlantirilishi mumkin

·       Nega talabalar turar joylarida o‘rin yetishmaydi? Vazirlik mas'ullari munosabat bildirdi

·       Sirtqi va kechki ta'lim kontraktlari kamaytirildi

·       Davlat grantida o‘quvchi talabalar o‘zlashtirishi 30 foizdan past bo‘lgan holda stipendiyadan mahrum qilinadi

·       Talabalarga kontrakt summalarini oyma-oy bo‘lib to‘lash imkoniyati beriladi

 

Jamiyat

·       1 oktyabrdan «Yagona milliy mehnat tizimi» ishga tushadi

·       O‘rnatilayotgan yangi elektr hisoblagichlar 10 yilda bir marta davlat qiyoslovidan o‘tkaziladi

·       O‘zbekistonda ishsizlik darajasi hamon yuqoriligicha qolmoqda – 9,1 foiz

·       Video: To‘y kortejlari hamon muhokamada. IIV vakili va ahli ilm bu haqda nima dedi?

·       Tut daraxtini g‘ayriqonuniy kesganlik, shikastlantirganlik yoki yo‘q qilganlik uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda – «O‘zbekipaksanoat»

·       Said-Abdulaziz Yusupov ishi bo‘yicha yopiq sud boshlandi

 

Hodisalar, reportajlar

·       Kuzning birinchi yomg‘iri va shamol ortidan muammolar: Vodiyda yana tok o‘cha boshladi

·        «Hammayoqni rasvo qilib ketishdi. Ta'mirlash kimning manfaati uchun edi?» — Buloqboshidagi «Sirli shirkat» haqida

·       Namanganda ikki chaqaloq qasddan o‘ldirildi. Bosh prokuratura rasmiy ma'lumot berdi

·       Toshkent viloyatida yuk mashinasi yuk poyezdi vagoniga urildi. Halok bo‘lganlar bor

·       Ko‘rinmas ofat hushyorlikni talab qiladi – Shovot tumanidagi mahalla aholisi termitlardan aziyat chekmoqda

 

JAHON XABARLARI

·       Lukashenko davlat korxonalarni tinimsiz ravishda qo‘llab-quvvatlay olmasligini aytdi

·       Qirolicha Brexit masalasiga nuqta qo‘ydi

·       Erdo‘g‘an: Turkiya qochoqlarning yangi to‘lqiniga bas kela olmaydi

·       Lavrov Tramp unga AQShning davlat sirlarini bermaganligini ma'lum qildi

·       Alibaba asoschisi Jyek Ma iste'foga chiqdi

·       Isroil Eronni maxfiy yadro obektini yo‘q qilishda aybladi

·       Putin 30 ga yaqin general va polkovnikni lavozimlaridan bo‘shatdi – OAV

 

SPORT XABARLARI

·       O‘zbekiston olimpiya jamoasi Eronni yirik hisobda mag‘lub etdi

·       O‘rtoqlik o‘yini. O‘zbekiston Iroqni yenga olmadi

·       Yevro-2020 saralashi. Niderlandiya va Belgiyada yirik g‘alaba, Rossiya Qozog‘istonga so‘nggi daqiqalarda gol urdi

·       Vidich: «Gvardiola Messini o‘zgartirdi va yanada kuchli o‘yinchiga aylantirdi» 

Ko‘proq yangiliklar: