Shri-Lankada fil odamlarni har tomonga uloqtirib tashladi (video)

Jahon 23:23 / 10.09.2019 19532

Shri-Lanka poytaxti Kolomboda milliy bayram vaqtida buddaviylar ibodatxonasi yonida fil jazavaga tushib, odamlarga hujum qildi.

Mahalliy OAV tomonidan namoyish qilingan videoda bayramda ishtirok etayotgan fil to‘satdan yugurgilab, o‘z yo‘lida uchragan odamlarni xartumi bilan har tomonga uloqtira boshlaganini ko‘rish mumkin.

Reuters axborot agentligining xabar berishicha, voqea oqibatida 20 ga yaqin odam jarohat olgan. 

Ko‘proq yangiliklar: