Shimoliy Koreya Yapon dengizi tomon noma'lum snaryadlar uchirdi

Jahon 07:36 / 10.09.2019 9007

Janubiy koreyalik harbiylarning ta'kidlashicha, Shimoliy Koreya 10 sentyabrda Pxyonan-Namdo provinsiyasidan Yapon dengizi tomon 2 ta noma'lum turdagi snaryadni uchirdi. Bu haqda “Ryonxap” axborot agentligi xabar berdi. 

Ma'lum qilinishicha, snaryadlarning uchish uzoqligi 330 kmni tashkil qilgan. Snaryadlar mahalliy vaqt bilan soat 6.53 va 7.12da uchirilgan. 

Shimoliy Koreya oxirgi 1,5 oydan beri 8- va may oyidan beri 10-uchirishni amalga oshirdi. Yapon harbiylarining ta'kidlashicha, ushbu raketalar uchta yangi modifikatsiyadagi raketalar hisoblanadi. Shimoliy Koreya 4 va 9 may, 25 iyul va 6 avgustda “Iskander” turidagi raketalarga o‘xshash kichik masofadagi raketalarni uchirgan. 24 avgustda Pxenyan “o‘ta yirik yalpi o‘t ochish reaktiv tizimi” deb atagan snaryadlarni uchirgan. Shuningdek, 10 va 16 avgustda qattiq yonilg‘idagi kichik masofalarga mo‘ljallangan raketalar uchirilgan. 

Ko‘proq yangiliklar: