Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilari tomonidan sodir etilgan jinoyatlar to‘g‘risidagi ishlar harbiy sudlarda ko‘rilishi belgilandi

Foto: Getty Images
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti joriy yilning 5 sentabr kuni «Xavfsizlik va mudofaa sohasidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi.
Hujjat bilan Prezident davlat xavfsizlik xizmatiga yurituvi unga taalluqli bo‘lgan ishlar bo‘yicha tergovoldi tekshiruvlarini hamda jinoyat belgilarini va ularni sodir etgan shaxslarni aniqlash uchun tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazish, jinoyat ishi bo‘yicha dalil sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ma'lumotlarni aniqlash huquqi berildi.
Shuningdek, Prezident davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilari tomonidan sodir etilgan jinoyatlar to‘g‘risidagi ishlar harbiy sudlarda ko‘rilishi belgilandi.
Ma'lumot uchun: «Sudlar to‘g‘risida»gi Qonunning 41-moddasiga (Harbiy sudlar sudloviga taalluqli ishlar) ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi harbiy sudlari shu vaqtga qadar:
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining, Davlat xavfsizlik xizmatining, Favqulodda vaziyatlar vazirligining, Ichki ishlar vazirligi qo‘shinlarining va qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etiladigan boshqa harbiy tuzilmalarning harbiy xizmatchilari, shuningdek o‘quv yig‘inlarida bo‘lgan vaqtda harbiy xizmatga majburlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar to‘g‘risidagi ishlarni;
harbiy qismlar, qo‘shilmalar va birlashmalar, harbiy boshqaruv organlarining qo‘mondonligiga nisbatan harbiy xizmatchilarning da'volari bo‘yicha fuqarolik ishlarini va harbiy boshqaruv organlari hamda harbiy mansabdor shaxslarning harbiy xizmatchilarning huquq va erkinliklarini buzuvchi xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan shikoyatlarni;
alohida holatlarga ko‘ra sudlar faoliyat ko‘rsatmayotgan joylarda barcha fuqarolik va jinoyat ishlarini;
davlat sirlariga taalluqli ishlarni;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa ishlarni ko‘rardi.
Bundan oldin, Prezident davlat xavfsizlik xizmatining terrorizmga qarshi kurash sohasidagi vakolatlari belgilangandi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Markaziy bank dunyodagi eng yirik bank vakolatxonasini akkreditatsiyadan o‘tkazdi
O‘zbekiston | 14:17
-
Germaniya va AQSh mudofaa vazirlari Ukrainaga qurol yetkazib berish masalasini muhokama qildi
Jahon | 13:43
-
Xitoy O‘zbekistondagi korxonalar soni bo‘yicha yetakchilik qilyapti
Iqtisodiyot | 13:39
-
Latviya Rossiyaning biometrik bo‘lmagan xorijga chiqish pasportlarini tan olmaydi
Jahon | 13:39
Mavzuga oid

16:44 / 08.07.2025
Yo‘llarni loyihalashtirishda aholi fikrini inobatga olish mexanizmi o‘rnatiladi

11:42 / 19.06.2025
Ijro hujjatlari ma’lumotlarini qamrab olgan Majburiyatlar reyestri yuritiladi

11:56 / 12.06.2025
Ayrim tovarlarga import bojini ikki karra oshirib qo‘llash amaliyoti bekor qilinadi

10:32 / 10.06.2025