Polshada dunyodagi eng kichik ot topildi

Jahon 08:17 / 10.09.2019 32131

Polshada yashovchi Bombel laqabli ot dunyodagi eng kichik ot deb topildi. Ginness rekordlariga ko‘ra, otning bo‘yi yag‘rinida 56,7 smni tashkil qiladi.  

NDTV telekanalining xabar berishicha, Bombel Lodz shahri yaqinidagi ot zavodida boqiladi. Otning egalari Patrik va Katarjina Zelinski uni 2014 yilda 2 oylik toychoq vaqtida birinchi bor ko‘rishganda u o‘z yoshi uchun normal o‘lchamda bo‘lgani, biroq keyin o‘smay qolganini aytishgan.

Caption

Ularning ta'kidlashicha, ot kichik bo‘lsa-da, katta yurakka ega. U har oy mahalliy bolalar shifoxonasiga yosh bemorlarga xursandchilik ulashish uchun tashrif buyuradi.

“Bombel hayotimizni butkul o‘zgartirib yubordi, chunki u bizga boshqa odamlarga ko‘mak ko‘rsatish va bolalarni baxtiyor qilishda yordam beradi”, deb aytgan ot egasi.

Ot appaluza zotiga tegishli bo‘lib, bu zot Amerikada hindular tomonidan yetishtirilgan va odatda bu turdagi otlar bo‘yi 160 smga yetadi.

 

Ko‘proq yangiliklar: