O‘zbekistonda xususiy notarial idoralar tashkil etiladi

O‘zbekiston 13:41 / 10.09.2019 15383

Prezident “O‘zbekiston Respublikasida notariat tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

2020 yil 1 yanvardan xususiy notarial idoralar tashkil etiladi. Qayd etilishicha, bu o‘zgarish aholining notarial idorada navbat kutib qolishi va idorama-idora sarson bo‘lib yurishining oldini oladi.

Shuningdek, hujjatga ko‘ra Notarial palata tashkil etiladi va unga barcha notariuslar a'zo bo‘ladi.

2020 yil 1 yanvardan mol-mulk bilan bog‘liq bitimlarni rasmiylashtirishda quyidagi talablar bekor qilindi:

qurilishi tugallanmagan uy-joylarni boshqa shaxsga o‘tkazishda mahalliy davlat hokimiyati organlarining ruxsatini olish;

vasiylikdagi shaxs nomidan mol-mulklarni ijara (arenda)ga berishda vasiylik va homiylik organlarining ruxsatini olish (bu haqda vasiylik va homiylik organlarini xabardor etish sharti bilan).

Ko‘proq yangiliklar: