Lukashenko davlat korxonalarni tinimsiz ravishda qo‘llab-quvvatlay olmasligini aytdi

Jahon 16:08 / 10.09.2019 4370

Belarus hukumati qoloq korxonalarga to‘xtovsiz yordam ko‘rsata olmaydi. Bu haqda mamlakat prezidenti Aleksandr Lukashenko Minsk oblasti ijroiya qo‘mitasi raisi Anatoliy Isachenkoning hisobotini qabul qilayotganida ma'lum qildi. 

"Biz korxonalarni yelkamizda to‘xtovsiz ko‘tarib yurolmaymiz va hamisha qandaydir davlat yordamini berolmaymiz", - dedi u. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, davlat korxonalarga "kafolatlarsiz va qandaydir 2035 yilgacha" moliyaviy yordam bera olmaydi. Lukashenko shuningdek, undan davlat korxonalarini qo‘llab-quvvatlashni birinchi marta iltimos qilishmayotganini aytdi.

"Menga iltimos qilgan o‘sha direktorlar hozir yo‘q. O‘shanda ham aytganman va hozir ham aytaman: birinchi navbatda kadrlar masalasini hal qilish kerak. Chunki rahbarni o‘zgartirishimiz bilan korxonada birdaniga faollik kuzatiladi. Keyin u o‘n yil amalidan qimirlamaydi, biz esa unga yordam ko‘rsatishda davom etamiz", - dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, aslo bunday bo‘lmasligi kerak. 

Ko‘proq yangiliklar: