«Kelajakda O‘zbekistonga Xitoy turistik oqimi yo‘naltiriladi» – Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

O‘zbekiston 23:12 / 10.09.2019 4262

10 sentabr kuni Toshkentdagi Hyatt Regency mehmonxonasida O‘zbekiston, Xitoy va Qozog‘istondan tashrif buyurgan tur-operatorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Xitoyning O‘zbekistondagi elchixonasi hamda XXR madaniyat va turizm vazirligi vakillari qatnashdi. Ushbu anjumandan maqsad O‘zbekistonning turistik salohiyatini xitoylik vakillarga nimoyish etish, buning natijasida turistik oqimning sezilarli oshishiga erishishdir. Tadbir davomida Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi raisi Abdulaziz Oqqulov Xitoy bilan hamkorlikning ahamiyati haqida gapirdi.

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

“Hozir Qozog‘istondan bizga eng ko‘p turistlar kelayotgan bo‘lsa, kelajakda Xitoyning turistik oqimini O‘zbekistonga ko‘proq yo‘naltirmoqchimiz. Hammaga ma'lumki, ko‘plab mamlakatlar xitoylik sayyohlarni jalb qilish uchun kurashadi. Shuni angalagan holda, bugun xitoylik, o‘zbekistonlik va qozog‘istonlik tur-kompaniyalar bilan turistlar almashinuvi va boshqa masalalar bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilyapti. Tadbirda Xitoy va Qozog‘istondan 10 tadan, bizdan esa 40 ga yaqin tur-operatorlar ishtirok etishyapti. 2019 yil boshidan beri Xitoyning o‘zidan 33 ming sayyoh keldi. Yil oxirigacha bu raqam 50 mingtaga yetishi kutilmoqda. Keyingi davrlarda ham oqim hajmini oshirish uchun amaliy harakatlar ketmoqda. Bunda Xitoy OAV vakillari bilan hamkorlikda O‘zbekiston haqida videorolik, filmlar ishlashni rejalashtiryapmiz”.

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

 Oqqulovning qo‘shimcha qilishicha, turizm bo‘yicha O‘zbekiston ancha dadil qadamlarni tashladi. Jumladan, vizasiz rejim, sohani tartibga soluvchi 50 ga yaqin normativ huquqiy-hujjatlar, transport tizimining to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganligi bunga misol bo‘la oladi. Buning natijasida, 2019 yilda o‘tgan davrga nisbatan 2 baravar ko‘p turistlar O‘zbekistonga tashrif buyurishdi.

Ko‘proq yangiliklar: