Isroil Eronni maxfiy yadro obektini yo‘q qilishda aybladi

Jahon 00:59 / 10.09.2019 13834

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Tehronni Isroilga Eronning maxfiy yadro obekti oshkor bo‘lgandan keyin uni yo‘q qilishda aybladi.

“Siz nima bilan, qachon va qayerda shug‘ullanayotganingizni bilamiz. Sizning yolg‘oningiz va qoidabuzarligingizni fosh qilishda davom etamiz”, deb aytgan Isroil bosh vaziri Tehronga yuzlanib. 

Uning ta'kidlashicha, obekt Fors viloyatidagi Obod shahrida joylashgan bo‘lgan va joriy iyun oxiri-iyul oxiri oralig‘ida yo‘q qilingan.

“Eron yadro qurolini ishlab chiqish uchun bu yerda sinovlar o‘tkazgan. Eron uning obektini fosh qilganimizni bilgach, qilgan ishi – uni yo‘q qilish bo‘lgan”, deb ta'kidlab o‘tgan Netanyaxu. U nutqi davomida taxmin qilinayotgan obektning yo‘q qilingungacha va yo‘q qilinganidan keyingi suratlarini ko‘rsatgan. 

Netanyaxu xalqaro hamjamiyatni AQShning Tehronga qarshi sanksiyalariga qo‘shilib, Eronga bosim o‘tkazishga chaqirgan.

Eron o‘tgan hafta yadro kelishuvi doirasidagi majburiyatlaridan voz kechishning 3-bosqichini boshlab, uranni boyitish uchun turli modeldagi 56 ta takomillashtirilgan sentrifugani foydalanishga kiritmoqchi.

Ko‘proq yangiliklar: