Davlat grantida o‘quvchi talabalar o‘zlashtirishi 30 foizdan past bo‘lgan holda stipendiyadan mahrum qilinadi

O‘zbekiston 14:08 / 10.09.2019 32876

Yangi o‘quv yilidan boshlab davlat grantida o‘qiyotgan talabalar agar semestr yakunida 30 foizdan ortiq fanlardan «3» baho olsa, kelgusi semestrda stipendiya olish huquqidan mahrum bo‘ladi. Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi anjumanlar zalida O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi rahbar xodimlari ishtirokida tashkil etilgan matbuot anjumanida ma'lum qilindi.

«Budjet asosida o‘qiydigan talabaning o‘zlashtirishi 30 foizdan past bo‘lgan hollarda keyingi semestrdan boshlab  shu talaba uchun stipendiya bekor qilinadi», deya vazirlikdagi boshqarma boshlig‘i Maqsud Hamroyevning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Bundan avvalroq, davlat budjeti asosida o‘qiydiganlar ham, kontraktda o‘qiydiganlar ham bir xil miqdorda - 400 ming so‘mdan stipendiya olishi haqida xabar qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: